Reproduktolog konsultatsiyasi
Birinchi uchrashuvda holatingizni batafsil o‘rganib, aniq reja tuzamiz.
Shifokor sizning va turmush o‘rtog‘ingizning tibbiy tarixini, avvalgi tahlil va urinishlarni ko‘rib chiqadi, UZI o‘tkazadi va kerakli tekshiruvlarni belgilaydi. Konsultatsiya oxirida siz farzandsizlik sababi, davolash usullari, muddatlar va taxminiy xarajatlar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz.
Nimalar kiradi
- Juftlik bilan birgalikdagi suhbat
- Transvaginal UZI
- Avvalgi tahlillarni tahlil qilish
- Individual davolash rejasi
- Taxminiy xarajatlar hisobi